Sayt yangiliklari

Hurmatli talabalar!

by Gafurjon Parpiyev -

Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar!


 

Yangi 2020-2021 o‘quv yilini kuzgi semestri masofaviy ta’lim shakliga boshlanishi munosabati bilan, institutda http://moodle.andmbi.uz elektron talim platformasi ishga tushirildi

http://moodle.andmbi.uz elektron ta’lim platformasiga kirish haqida ozgina eslatma berib o’tamiz.

Xo‘sh, platformaga kirish uchun nima qilish kerak?

Avval, siz uchun berilgan login va parolni olasiz (kunduzgi ta’lim tizimi 2-3-4 kurs talabalari uchun login parollar talabaning pasport ma’lumotlaridan qilingan).

Dastlab tizimga kirishda login va parol bir xil bo‘ladi (misol: aa1234567). Login va parolni bilganingizdan so‘ng, qo‘l telefoningiz yoki kompyuteringiz brauzeri orqali http://moodle.andmbi.uz veb saytiga kirasiz. Agar login va parolni to‘g‘ri kiritsangiz, keyingi sahifada ehtiyot uchun "parolni o‘zgartirish" bo‘limi chiqadi va parolni o‘zgartirishingiz lozim bo’ladi (bu xavfsizlik yuzasidan qilingan).

Parolni almashtirish

Parolni o‘zgartirayotganingizda yangi parolingiz quyidagi shartlarga mos kelishi kerak:

  • Parol 8 ta belgidan kam bo’lmasligi;
  • parolda lotin alifbosidagi bitta katta va bitta kichkina harf ishtirok etishi;
  • parolda raqamlar ishtirok etishi kerak;
  • parolda (#&_~-()/*"‘:;!?) shu kabi belgilar ishtirok etishi kerak. Namuna «(Ab#12345)»

Agar platformaga kira olmayotgan bo‘lsanggiz, bu sayt ishlamayapti degani emas, ikkita sababi bo‘lishi mumkin. Birinchisi, internetingiz yaxshi ishlamayotgan bo‘lishi mumkin.

Ikkinchisi, telefon yoki kompyuteringiz brauzeriga veb sayt mos kelmagan. Ko‘proq,  ikkinchi sabab bo‘lganligi uchun  brauzeringizni almashtirishingizni tavsiya qilamiz.

Parolni o‘zgartirganingizdan so‘ng, Siz yozilgan kurslar ro’yxati ochiladi. O‘sha yerdan kursni tanlab bosasiz va fanlar bo’yicha jo’ylashtirilgan o’quv resurslari bilan tanishishingiz mumkin bo’ladi (kurs ichida fan bo’yicha fan dasturi, ishchi dastur, ma’ruza, topshiriq, test va boshqa ta’lim resurslari bor). Tizimning o’zida o‘qituvchi bilan chat orqali onlayn aloqaga chiqishingiz  mumkin!

Barchaga omad!

Hurmatli talabalar va professor-o‘qituvchilar ushbu ilovani telefoningizga o‘rnating va masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishda qulayliklarga ega bo‘ling.

Ushbu ilova sizga brauzerdan kirishdan ko‘ra qulayroq.

Dastlab o‘rnatganingizda oynaning so‘ralgan joyiga http://moodle.andmbi.uz  manzilini kiritasiz. Shundan so‘ng oynada login va parolingizni kiritishingiz haqidagi so‘rov chiqadi. Ularni kiritganingizdan so‘ng programma to‘liq ishga tushadi.

Ilovani quyidagi manzildan ko‘chirib oling

https://download.moodle.org/mobile?version=2019111802.03&lang=uz&iosappid=633359593&androidappid=com.moodle.moodlemobile

https://download.moodle.org/desktop/download.php?platform=android


Moodle tizimiga kirishda muammo bo'lsa 742234212 telefon raqamiga yoki @moodle_andmbi_uz telegram raqamiga murojaat qilingmurojaat qiling!